METONIMIYA VA UNING XUSUSIYATLARI
Keywords:
KALIT SO‘ZLAR: metonimiya, semantika, leksik birlik, qism-butun munosabat, vosita-natija bog‘lanishi, kontekstual maʼno, tilshunoslik, tarjima, kommunikativ funksiyaAbstract
ANNOTATSIYA: Ushbu tezisda metonimiya hodisasi tilshunoslik sohasida o‘rganilib, uning semantik xususiyatlari va funksional imkoniyatlari tahlil qilinadi. Metonimiya – so‘zning ma’nosini qo‘shni yoki uzviy bog‘liq leksik birlik orqali ifodalash usuli bo‘lib, u nutqning ixchamligi va ijodkorligini taʼminlaydi. Tadqiqot davomida metonimiyaning asosiy tiplari – qism-butun, vosita-natija, ijrochi-asarga oid misollar keltiriladi hamda ularning matn tarkibidagi kommunikativ roli yoritiladi. Shuningdek, metonimiya va metafora o‘rtasidagi farqlar, kontekstga bog‘liq semantik o‘zgarish mexanizmlari hamda tarjimada yuzaga keladigan muammolar ko‘rib chiqiladi. Maqola amaliy tilshunoslik tadqiqotlari va til taʼlimi jarayonida metonimiyaning qo‘llanilish istiqbollarini ham muhokama qiladi.