HPV INFEKSIYASINING SALBIY TA’SIRLARINI KAMAYTIRISH UCHUN PROFILAKTIKA VA VAKTSINATSIYA CHORALARINING AHAMIYATI.
Abstract
Dolzarblik: Bachadon bo‘yni saratoni ayollar orasida keng tarqalgan va salomatlik uchun jiddiy xavf tug‘diruvchi kasalliklar qatoriga kiradi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotlariga ko‘ra, HPV (inson papilloma virusi) infektsiyasi bachadon bo‘yni saratonining asosiy sababidir va dunyo bo‘ylab har yili 600 mingdan ortiq yangi holatlar qayd etilmoqda. HPV infektsiyasi reproduktiv yoshdagi ayollarda juda keng tarqalgan bo‘lib, ba’zi turlari (xususan, HPV 16 va HPV 18) onkogenny hisoblanadi va ularning uzoq muddatli ta’siri bachadon bo‘yni displaziyasi, saraton oldi o‘zgarishlari va saratonning rivojlanishiga olib keladi. HPV infeksiyasining erta aniqlanishi va davolanishi bachadon bo‘yni saratonining oldini olishda muhim omil hisoblanadi. Shuning uchun, reproduktiv yoshdagi ayollarda HPV bilan bog‘liq bachadon bo‘yni kasalliklarini samarali diagnostika qilish va davolash strategiyalarini ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega.