KICHIK BIZNESDA MIJOZLAR FIKRINI TAHLIL QILISH ORQALI XIZMAT SIFATINI YAXSHILASH

Authors

  • Kambarov Jamoliddin Hikmatillayevich Author
  • Rasulov Xamidjon Yakubovich Author

Abstract

Annotatsiya. Kichik biznes subyektlari raqobat muhitida muvaffaqiyatli faoliyat yuritishlari uchun mijozlarning ehtiyoj va istaklarini to‘g‘ri aniqlash hamda xizmat sifatini doimiy ravishda oshirib borishlari zarur. Ushbu tezisda kichik biznes korxonalarida mijozlar fikrini o‘rganish, tahlil qilish va ularning asosida xizmat ko‘rsatish sifatini takomillashtirish masalalari o‘rganiladi. Tadqiqot doirasida mijozlar fikrini yig‘ish vositalari — so‘rovnomalar, onlayn sharhlar, ijtimoiy tarmoq fikrlari va og‘zaki mulohazalarning amaliy ahamiyati yoritiladi. Shuningdek, fikrlarni tahlil qilish orqali korxona faoliyatida qanday aniq o‘zgarishlar kiritish mumkinligi misollar orqali ko‘rsatiladi. Natijada, xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash orqali mijozlar sadoqatini oshirish, mijozlar oqimini ko‘paytirish va korxonaning barqaror o‘sishini ta’minlashning muhim jihatlari asoslab beriladi. Tadqiqot kichik biznesda mijozga yo‘naltirilgan boshqaruv yondashuvini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Author Biographies

  • Kambarov Jamoliddin Hikmatillayevich

    Qo‘qon universiteti Akademik ishlar prorektori, i.f.d. DSc.

  • Rasulov Xamidjon Yakubovich

    Xalqaro turizm va iqtisodiyot kafedrasi mudiri, katta o‘qituvchi

Published

2025-05-05