YOSHLAR O'RTASIDA JINOYATCHILIKNI OLDINI OLISHNING PSIXOLOGIK YECHIMLARI

Authors

  • Xudaybergenova Gulmira Komiljon qizi Author

Keywords:

Kalit so’zlar: huquqbuzarlik, g‘ayriijtimoiy hatti-harakatlar, deviant xulqatvor, yakka tartibdagi profilaktika, maxsus profilaktika, nazoratsiz bola, bola reabilitatsiyasi, ijtimoiy pedagog.

Abstract

ANNOTATSIYA : Jamiyat hayotining turli sohalarida inson omili ustun hisoblanadi, ayniqsa, unda voyaga yetmaganlarning haq-huquqlarini himoya qilish, ularning ilmiy, ijodiy, intellektual salohiyatini yuksaltirishga asosiy vazifalardan biri sifatida qaraladi. Shu bilan birgalikda, voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etiladigan huquqbuzarliklar sonining ortishi, o‘smirlar o‘rtasida deviant xulqning ommalashuvi kabi holatlar huquqbuzarlik profilaktikasi masalasida jamiyatning barcha institutlari tizim sifatida o‘zaro hamkorlikda faoliyat olib borishini taqozo etmoqda. Ushbu tizimning o‘ziga xos subyekti sifatida umumta‘lim maktablari jamiyatdagi asosiy ta‘lim-tarbiya manbai bo‘lib qolmay, huquqbuzarlik profilaktikasi vositasi ham sanaladi.  Maqolada voyaga yetmaganlar huquqbuzarligi  profilaktikasi borasida umumta‘lim maktablarining o‘rni va ahamiyati o‘rganib tahlil qilinadi.

Author Biography

  • Xudaybergenova Gulmira Komiljon qizi

    Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ellikqaʼla tumani Boʻston shahri 61-umumiy oʻrta taʼlim maktabi amaliyotchi psixologi

Published

2025-05-06