JAMIYATIMIZDA AYOLLARGA NISBATAN ZO'RAVONLIKKA QARSHI KURASH YUZASIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN CHORA-TADBIRLARNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK JIHATLARI
Keywords:
Kalit so'zlar: xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlik, maishiy zo‘ravonlik, jinsiy tazyiq, jismoniy zo‘ravonlik, gender tenglik, huquqiy himoya, ijtimoiy choratadbirlar, psixologik ta’sirlar, tazyiqning oldini olish, xavfsiz jamiyat, ayollarning huquqlari, O‘zbekiston, xalqaro qonunlar, zo‘ravonlikka qarshi kurash, gender diskriminatsiyasi.Abstract
Annotatsiya:Mazkur maqola xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikning turli shakllari, ularning ijtimoiy, jismoniy va psixologik ta’sirlari hamda bu muammolarni hal qilish uchun amalga oshirilayotgan huquqiy va ijtimoiy choralarni tahlil qiladi. Xotin-qizlarga qarshi zo‘ravonlikning turli shakllari, jumladan, maishiy zo‘ravonlik, jinsiy tazyiq, do‘pposlash va boshqa jismoniy ta’sirlar, ular uchun jiddiy xavf tug‘diradi va jamiyatdagi gender tengsizlikni kuchaytiradi. Shuningdek, maqolada ayollarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish va unga qarshi kurashishda amalga oshirilgan xalqaro va milliy darajadagi qonuniy chora-tadbirlar, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi hududidagi qonunlar va dasturlar tahlil etiladi. Ushbu tadqiqotning asosiy maqsadi, xotin-qizlarni himoya qilish va gender tengligini ta’minlash yo‘lida amalga oshirilayotgan choratadbirlar samaradorligini ko‘rsatish, shuningdek, bu borada yanada samarali mexanizmlar va strategiyalarni ishlab chiqish zarurligini ta’kidlashdan iborat.