TASHQI SAVDO BALANSINI MUVOZANATLASHTIRISH

Authors

  • Misliddinov Ikromjon Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: tashqi savdo, iqtisodiy masalalar, manfaatlar, eksport, diversifikatsiya, texnologiyalar, savdo balansi.

Abstract

Annotatsiya: Tashqi savdo balansi mamlakat iqtisodiyotining muhim ko‘rsatkichlaridan biri bo‘lib, uning muvozanati iqtisodiy barqarorlik va rivojlanish uchun katta ahamiyatga ega. Tashqi savdo balansi eksport va import o‘rtasidagi farqni ifodalaydi. Eksport mamlakat tomonidan boshqa davlatlarga sotilgan tovar va xizmatlar qiymatini, import esa xorijdan sotib olingan tovar va xizmatlar qiymatini anglatadi. Tashqi savdo balansi musbat bo‘lsa, bu eksportning importdan ko‘p ekanligini bildiradi, ya’ni mamlakat savdo sohasida foyda ko‘rmoqda. Aksincha, manfiy balans importning eksportdan oshib ketishini anglatadi va bu holat mamlakat iqtisodiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Author Biography

  • Misliddinov Ikromjon

    Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Magistratura 1-bosqich Makroiqtisodiyot yo'nalishi magistranti

Published

2025-05-06