AXBOROT TEXNALOGIYALARIDAN FOYDALANGAN HOLDA FIRIBGARLIKKA QARSHI KURASHISH
Keywords:
KALIT SO‘ZLAR: axborot texnologiyalari, firibgarlik, kiberxavfsizlik, sun’iy intellekt, blokcheyn, biometrik identifikatsiya, xavfsizlik tizimlari, ma’lumotlarni himoyalashAbstract
ANNOTATSIYA: Mazkur ilmiy ishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda firibgarlik holatlarining oldini olish va ularga qarshi samarali kurashish masalalari yoritilgan. Internet tarmog‘ida keng tarqalgan moliyaviy va ma’lumot firibgarliklari, ularning usullari hamda aniqlash yo‘llari tahlil qilingan. Shuningdek, sun’iy intellekt, blokcheyn texnologiyalari, biometrik tizimlar va kiberxavfsizlik vositalari yordamida firibgarlikning oldini olishda qo‘llanilayotgan ilg‘or yondashuvlar ko‘rib chiqilgan. Tadqiqotda real hayotdan olingan misollar asosida firibgarlikni aniqlash, ogohlantirish va profilaktika qilish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Ish natijalari davlat tashkilotlari, moliya muassasalari va axborot xavfsizligi sohasida faoliyat yurituvchi mutaxassislar uchun foydali bo‘lishi mumkin.