RAQAMLI PEDAGOGIKA: AKT ASOSIDA DARS LOYIHALASH METODIKASI

Authors

  • Muqumov Jo'rabek Shermatovich Author

Abstract

Zamonaviy ta’lim tizimi globallashuv, raqamlashtirish va texnologik taraqqiyot jarayonlarining faol ishtirokchisi sifatida tobora murakkab va dinamik shaklga kirib bormoqda. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) ta’limda inqilobiy o‘zgarishlarni yuzaga keltirib, pedagogik yondashuvlarning tubdan yangilanishiga sabab bo‘lmoqda. Ayniqsa, XXI asrda shakllanayotgan “raqamli jamiyat” sharoitida ta’lim jarayoni raqamli vositalarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Shu nuqtai nazardan qaralganda, “raqamli pedagogika” tushunchasi bugungi kunda nafaqat dolzarb, balki strategik ahamiyat kasb etmoqda.

Published

2025-05-10