JADID MA’RIFATPARVARLARI G’OYALARINING BUGUNGI KUNDAGI AHAMIYATI
Keywords:
Kalit so‘zlar: Jadid ma’rifatparvarlari, ma’naviyat, ma’rifat, vatanparvarlik, O‘zbekiston Qurolli Kuchlari, yoshlar tarbiyasi, axloqiy tarbiya, Vatan himoyasi, milliy qadriyatlar, harbiy-vatanparvarlik, davlat mustaqilligi, jadidchilik g‘oyalari, ijtimoiy-ma’rifiy islohotlar, ma’naviy-axloqiy fazilatlar, zamonaviy taraqqiyot.Abstract
Annotatsiya: Mazkur maqolada jadid ma’rifatparvarlari g‘oyalarining bugungi kunda ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmaganligi, ayniqsa yoshlar tarbiyasida va harbiy-vatanparvarlik ruhini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etishi ilmiy tahlil qilinadi. Jadidlarning ilg‘or fikrlari, milliy uyg‘onish va taraqqiyot g‘oyalari zamonaviy O‘zbekiston jamiyatining ma’naviy-ma’rifiy hayotida o‘z aksini topmoqda. Muallif Prezidentimiz tomonidan ilgari surilayotgan vatanparvarlik, ma’naviyat va ma’rifatni yuksaltirish siyosati asosida jadid mutafakkirlarining merosini yoshlar ongiga singdirish, harbiy kadrlar va yoshlarni yuksak ma’naviy fazilatlar ruhida tarbiyalash masalalariga alohida urg‘u beradi. Ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida jadidlar merosining zamonaviy ahamiyati chuqur yoritib berilgan. Ushbu maqola milliy qadriyatlar va ma’naviyat asosida Vatanga sadoqat, halollik, jasorat, kuchli iroda va bilimga asoslangan yoshlarni tarbiyalash uchun ilmiy-nazariy asos bo‘lib xizmat qiladi.