OGʻIZ BOʻSHLIGʻI GIGIYENASINI RAQAMLI STOMATOLOGIYADA OʻRGANISHNI TAKOMILLASHTIRISH YOʻLLARI

Authors

  • Nurullayeva Maxfuza Oʻktamboy qizi Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: ogʻiz boʻshligʻi gigiyenasi, raqamli stomatologiya, sun’iy intellekt, 3D-modellashtirish, tibbiy ta’lim, interaktiv o‘quv platformalar, profilaktika.

Abstract

Annotatsiya. Ushbu maqolada ogʻiz boʻshligʻi gigiyenasining raqamli stomatologiya doirasida oʻrganilishini takomillashtirishning zamonaviy usullari tahlil qilingan. Unda raqamli texnologiyalar, xususan, sun’iy intellekt, 3D-modellashtirish, mobil ilovalar va interaktiv o‘quv platformalar orqali stomatologik bilimlarni chuqurlashtirish imkoniyatlari yoritilgan. Shu bilan birga, stomatologiya talabalarining nazariy va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlashda raqamli yondashuvlarning o‘rni ko‘rsatib berilgan. Tadqiqotda o‘quv jarayonini samarali tashkil etish, gigiyena bo‘yicha bilimlarni vizualizatsiya qilish hamda bemorlar bilan muloqotda yuqori natijalarga erishish uchun raqamli vositalardan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berilgan.

Author Biography

  • Nurullayeva Maxfuza Oʻktamboy qizi

    Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali Stomatologiya fakulteti Stomatologiya yoʻnalishi Magistranti.

Published

2025-05-31