O'SPIRINLARNING EMOTSIONAL YETUKLIGINING O'ZLASHTIRISH XUSUSIYATLARIGA TA'SIRI

Authors

  • Boymurodova Xadicha Raxmatullayevna Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: o‘spirinlik davri, emotsional yetuklik, o‘zlashtirish, psixologik rivojlanish, emotsional-intellektual salohiyat, affektiv holatlar, motivatsiya, o‘quv faoliyati.

Abstract

Annotatsiya: Mazkur maqolada o‘spirin yoshidagi bolalarning emotsional yetukligi va uning o‘quv faoliyatidagi o‘zlashtirish xususiyatlariga ta’siri psixologik jihatdan tahlil qilinadi. Emotsional yetuklik — bu shaxsning o‘z his-tuyg‘ularini anglay olishi, ularni boshqarish qobiliyati va ijtimoiy muhitda moslashuvchanlik darajasini bildiradi. O‘spirinlarda bu jarayon emotsional beqarorlik, o‘zini anglash muammolari va shaxsiy identifikatsiya bilan chambarchas bog‘liq. Tadqiqotda emotsional yetuklik darajasining pastligi o‘zlashtirishda qiyinchiliklarga, diqqatning tarqoqligi, ichki ziddiyatlar, maktabdagi muammolarga olib kelishi mumkinligi asoslab beriladi. Shuningdek, maqolada emotsional yetuklikni shakllantirishga xizmat qiluvchi psixopedagogik yondashuvlar, metodlar va tavsiyalar keltiriladi.

Author Biography

  • Boymurodova Xadicha Raxmatullayevna

    Qashqadaryo viloyati Gʻuzor tumani MMTBga qarashli 18-maktab psixologi

Published

2025-06-01