OROLBO‘YI MINTAQALARIDA YASHOVCHI BEMORLARDA DENTAL IMPLANTATSIYADAN KEYINGI YALLIG‘LANISH ASORATLARINI OLDINI OLISH
Keywords:
Kalit so‘zlar: Orolbo‘yi mintaqasi, dental implantatsiya, yallig‘lanish asoratlari, periiimplantit, ekologik stress, immunitet, profilaktika.Abstract
Annotatsiya. Ushbu maqolada Orolbo‘yi mintaqalarida yashovchi aholining ekologik omillar ta’sirida yuzaga kelayotgan sog‘liq muammolari kontekstida dental implantatsiyadan keyingi yallig‘lanish asoratlarini oldini olish masalalari tahlil qilingan. Maqolada implantatsiya jarayonidan keyingi periiimplantit, gingivit va boshqa yallig‘lanish holatlarining yuzaga kelish sabablari, Orolbo‘yi mintaqasiga xos bo‘lgan mikrobiologik va immunologik muhit, bemorlarning umumiy somatik holati va ekologik stress omillarining roli ilmiy nuqtai nazardan ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, asoratlarni oldini olishda individual gigiyena, profilaktik antibiotikoterapiya, implantatsiyadan oldingi va keyingi reabilitatsiya choralarining ahamiyati yoritiladi. Taklif etilgan profilaktik yondashuvlar yallig‘lanish asoratlarining kamayishiga, implantlarning uzoq muddatli saqlanishiga xizmat qiladi.