MAKTAB PSIXOLOGINING FAOLIYATIDA INDIVIDUAL KONSULTATSIYANING AHAMIYATI
Keywords:
Kalit so‘zlar: Maktab psixologi, individual konsultatsiya, psixologik yordam, o‘quvchilar, ota-onalar, psixologik maslahat, emotsional qo‘llab-quvvatlash, shaxsiy rivojlanish, muammolarni hal qilish, psixologik xizmat.Abstract
Annotatsiya: Ushbu maqolada maktab psixologining faoliyatida individual konsultatsiyaning o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Individual konsultatsiya — bu o‘quvchilar, ota-onalar va o‘qituvchilar bilan yuzma-yuz olib boriladigan psixologik yordam shakli bo‘lib, uning asosiy vazifasi shaxsiy muammolarni aniqlash, emotsional holatni yaxshilash va rivojlanish uchun sharoit yaratishdir. Maqolada individual konsultatsiyaning maktab muhitidagi ijtimoiy va psixologik muammolarni hal qilishdagi samaradorligi, shuningdek, o‘quvchilarning o‘ziga bo‘lgan ishonch va o‘zini anglash ko‘nikmalarini oshirishdagi roli ko‘rsatib o‘tiladi. Shuningdek, psixologik konsultatsiya jarayonining xususiyatlari, metodlari va texnikalari haqida ma’lumot beriladi. Maktab psixologlari uchun individual konsultatsiyani samarali tashkil etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar taqdim etadi va ta’lim jarayonida psixologik xizmat sifatini oshirishga qaratilgan.