QATAG’ON QURBONLARI XOTIRASI MUZEYI
Аннотация
Ma’lumki, tarix muzeylari halq hotirasining ifodasi hisoblanadi. 1999-yili O’zbekiston Resbublikasi birinchi Prizidenti I.A. Karimov tashabbusi bilan mamlakatimizda qatag’on qurbonlari hotirasini abadiylashtirish va “ Shaxidlar hotirasi” yodgorlik majmuasini barpo etishga qaror qilindi va bu borada ulkan ishlar amalga oshiriladi. Jumladan, Milliy Mustaqillik, Vatan ravnaqi, yurt ozodligi uchun jonini fido qilgan el o’g’lonlarining ulug’ hotirasiga poytaxtda muazzam hiyobon barpo etildi. Birinchhi prizidentimiz tashabbusi va rahnamoligida bunyod etilgan va 2002-yil 1 agust – qatag’on qurbonlarini yod etish kunida ochilgan “Qatag’on qurbonlari xotirasi” muzey quruvchilar, me’morlar va tarixchi olimlarning ulkan mehnati mahsuli bo’ldi. Xalqimizning milliy qadr- qimmati tiklanishiga, o’zligini qaytadan namoyon etishga istiqlol yo’l ochdi va biz ona vatanimiz va halqimiz tarixi bilan faxrlanish, o’tgan ajdodlarimizning ulug’ xotirasini e’zozlashdek yuksak insoniy- ma’naviy imkoniyatlarga ega bo’ldik. Majmua qay tarzda dunyoga kelganligi va muzey aynan shu joyga mo’ljallanganligi to’g’risida “ Shaxidlar hotirasi “ hayriya jamg’armasi raisi Naim Karimovning keltirgan manbaalaridan quyidagilar ayon bo’ladi: Bugun ko’rkam ziyoratgoh barpo etilgan joylar XX asrning qariyib 80 – yillariga qadar Toshkentning eng pastkam, hilvat go’shasi bo’lgan. Bu yerdagi birdan- bir inshoot “ Alvasti ko’prik” deb nomlangan. Huddi shu yerning 20- yillar adog’ida adog’idan boshlab mustabid davlatga qatag’on o’rnida hizmat qilgani ham tasodiy emas. Mutahassislarning bergan ma’lumotlariga ko’ra , 20- 40 – yillar orasida bu yerda uchta qatlgoh bo’lgan. Ularning biri- television minoraning ishchilar shaxarchasi tomon tushgan “oyog’i “ atrofida, ikkinchisi ziyoratgohning yuiqori tarafida, uchinchisi “Abraziv” zavodining o’rnida bo’lgan. Shu tarzda Yunusobod qariyib yarim asr mobaynida xalqimiz tarixdagi eng daxshatli voqealarning tilsiz guvohiga aylangan.