O‘ZBEK TILIDA YOZMA VA OG‘ZAKI NUTQDA SO‘Z YASALISH JARAYONLARI

Authors

  • Xasanov Akbarjon Abdurashidovich Author
  • Anvarjonov Azizbek Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: yozma nutq, og‘zaki nutq, so‘z yasalishi, suffikslar, internet tili, qisqartmalar, kod-svitching, yoshlar tili.

Abstract

Annotatsiya: Maqolada o‘zbek tilida yozma va og‘zaki nutqda so‘z yasalish jarayonlari tahlil qilindi. Yozma nutqda yangi so‘zlar asosan suffikslar orqali yasalishi va rasmiy uslubda qo‘llanilishi ko‘rsatildi. Og‘zaki nutqda esa qisqartmalar, qo‘shimchalar va yoshlar tili orqali so‘zlar yaratilishi alohida e’tiborga olindi. Internet yozishmalarida yangi so‘zlar tez tarqalishi va yoshlar tilida keng qo‘llanilishi qayd etildi. Yozma va og‘zaki nutqda so‘z yasalishi jarayonlari bir-biriga ta’sir ko‘rsatayotgani tilning boyishi va rivojlanishi uchun xizmat qilayotgani isbotlandi. Bu jarayonlarning leksikologiyada ilmiy tadqiqot uchun katta ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlandi.

Published

2025-06-05