TILSHUNOSLIKDA MODIFIKATSIYA HODISASI
Keywords:
Kalit so‘zlar: modifikatsiya, yozma nutq, og‘zaki nutq, ma’no kuchaytiruvchi, ta’riflovchi so‘zlar, qo‘shimchalar, internet tili, yoshlar tiliAbstract
Annotatsiya: Ushbu maqolada tilshunoslikda modifikatsiya hodisasining nazariy asoslari va amaliy qo‘llanilishi yoritildi. Yozma va og‘zaki nutqda modifikatsiya ma’noni kuchaytirish yoki pasaytirishda turli qo‘shimchalar, ta’riflovchi so‘zlar va sintaktik konstruktsiyalar yordamida namoyon bo‘lishi tahlil qilindi. Yozma nutqda modifikatsiya me’yoriy uslubda qo‘llanilishi va ma’no aniqligini ta’minlashi qayd etildi. Og‘zaki nutqda esa ekspressivlik va tezkorlikni ta’minlashda modifikatsiya vositalari faol qo‘llanilayotgani ko‘rsatildi. Internet yozishmalarida modifikatsiya vositalari vizual belgilar va emodji orqali ham namoyon bo‘layotgani tahlil qilindi. Bu jarayon tilning rivojlanishi va uslubiy boyishi uchun muhim hisoblanishi ta’kidlandi.