BOYER-MOORE ALGORITMI: MATNDA QIDIRUVNING TEZ VA SAMARALI USULI
Keywords:
Kalit So‘zlar .Boyer-Moore algoritmi, Matnda qidiruv (string search), Belgilar qatori (character sequence), Naqshni tanib olish (pattern recognition), Naqshni topish (pattern matching), Qidiruv algoritmlari (search algorithms), Matnli ma’lumotlar bilan ishlash.Abstract
Annotatsiya. Ushbu ilmiy maqolada Boyеr-Moorе algoritmining nazariy asoslari, evristik yondashuvlari va amaliy qo‘llanilishi chuqur tahlil qilinadi. Algoritm Robert S. Boyer va J Strother Moore tomonidan 1977 yilda ishlab chiqilgan bo‘lib, belgilar qatori (string) ichida naqsh (pattern) izlashda eng samarali algoritmlardan biri sifatida tan olingan. Ushbu algoritmning asosiy afzalligi — u klassik qidiruv algoritmlaridan farqli ravishda, matn bo‘yicha solishtirishni o‘ngdan chapga amalga oshiradi va har bir mos kelmaslik holatida naqshni bir belgidan ko‘ra ko‘proq siljitishga imkon beruvchi ikki kuchli evristikani — “bad character” (yomon belgi) va “good suffix” (yaxshi suffiks) yondashuvlarini qo‘llaydi. Bad character evristikasi — naqshdagi har bir belgining matnda uchrashishi asosida naqshni qanchalik siljitishni aniqlashga yordam beradi. Good suffix evristikasi esa naqshdagi mos kelgan suffix'lar asosida siljitish masofasini hisoblab, ortiqcha solishtirishlarni kamaytiradi.Maqolada ushbu algoritmning ishlash prinsipi, har ikki evristikaning matematik modeli, dasturlashda implementatsiyasi (ayniqsa C# tilida) va real amaliyotdagi misollar orqali ko‘rsatilgan. Shuningdek, algoritmning vaziyatga qarab o‘zgaruvchi ishlash samaradorligi (eng yaxshi, o‘rtacha va eng yomon holatdagi vaqt murakkabligi) tahlil qilinadi. Boyer-Moore algoritmi keng o‘lchamdagi matnlarda yoki bir naqsh bo‘yicha ko‘p martalik qidiruvlar talab etiladigan vaziyatlarda ayniqsa samarali hisoblanadi. Maqola davomida algoritmning afzalliklari va cheklovlari ham yoritilgan bo‘lib, u boshqa mashhur algoritmlar (Knuth-Morris-Pratt, Rabin-Karp, va boshqalar) bilan funksional va samaradorlik jihatidan taqqoslanadi. Bu esa uni real hayotdagi qidiruv tizimlarida (masalan, matn muharrirlari, biologik ketma-ketlik qidiruvi, veb-izlovchilar) qo‘llash imkoniyatlarini aniqlab beradi.