QISHLOQ XO‘JALIGI ISHLAB CHIQARISHINI IXTISOSLASHTIRISH VA JOYLASHTIRISH: MEZONLAR, YONDASHUVLAR VA TAKOMILLASHTIRISH YO‘NALISHLARI
Abstract
Kirish. Bozor iqtisodiyoti sharoitida qishloq xo‘jaligi sohasining innovatsion rivojlanishi bir qator murakkab va ko‘p qirrali omillarga bog‘liq bo‘lib, ayniqsa, bozor infratuzilmasining yetarlicha shakllanmaganligi fonida amalga oshirilmoqda. Bu holat, o‘z navbatida, ushbu sohaga xos iqtisodiy, ijtimoiy va institutsional cheklovlarni kuchaytirmoqda. Aholi ehtiyojlarining barqaror ortib borishi va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash zarurati qishloq xo‘jaligida yuqori samaradorlikka erishish, zamonaviy texnologiyalarni keng joriy qilish, hamda ishlab chiqarish samaradorligini oshirishni taqozo etmoqda. Qishloq xo‘jaligida talab va taklif o‘rtasidagi nomutanosiblik, ishlab chiqarish xarajatlari bilan sotish narxlari o‘rtasidagi nomuvofiqlik bu sohaning rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Ayniqsa, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari narxining nisbatan past elastikligi (egiluvchanligi) ushbu muammoni yanada chuqurlashtiradi. Bu holatda, narxlarning pasayishi ishlab chiqaruvchilar daromadlariga bevosita salbiy ta’sir ko‘rsatadi, bu esa o‘z navbatida, sohada investitsiyaviy faollikning susayishiga olib keladi.