MADANIYATSHUNOSLIKDA STRUKTURALIZM VA POSTSTRUKTURALIZMNING O‘RNI

Authors

  • PARDABOYEVA SOJIDA BOLBEK QIZI Author
  • SAPARBAEVA GULSHIRA ABATBAEVNA Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: strukturalizm, poststrukturalizm, madaniyatshunoslik, belgi tizimi, diskurs, klod levi-stross, derrida, fuko, semiotika, madaniy tahlil.

Abstract

Ushbu maqolada madaniyatshunoslik fanida strukturalizm va poststrukturalizm yondashuvlarining ahamiyati, ularning nazariy asoslari va amaliy tatbiqlari tahlil qilinadi. Strukturalizm XX asrning o‘rtalarida til, mifologiya, adabiyot va antropologiyani tahlil qilishda qat’iy struktura va tizimli yondashuvga asoslanib, madaniyatni belgilar tizimi sifatida ko‘radi. Shu asosda Klod Levi-Stross, Roman Yakobson va Ferdinand de Sossyur kabi olimlarning g‘oyalari keng tahlil qilinadi. Poststrukturalizm esa strukturalizmga tanqidiy yondashib, ma'no va haqiqatning nisbiy, o‘zgaruvchanligini ta'kidlaydi. Derrida, Fuko va Barthes kabi mutafakkirlarning qarashlari orqali madaniy hodisalarning ko‘p ma'noliligi va kontekstga bog‘liqligi yoritiladi. Maqolada ushbu ikki oqimning madaniy matnlar, ideologiyalar va ijtimoiy diskurslarni tahlil qilishdagi o‘rni va zamonaviy tadqiqotlarga ta’siri yoritilgan.

Published

2025-07-05