TUPROQNING SHO‘RXOKLANISHIGA QARSHI KURASHISH.

Authors

  • Narqulova Malika Usmankulovna Author

Keywords:

Kalit soʻzlar: tuproq, sho‘rxoklanish, tabiiy omillar, ma'lumotlar, iqlim sharoitlari, antropogen omillar, noto‘g‘ri ishlov berish.

Abstract

Annotatsiya: Tuproqning sho‘rxoklanishi qishloq xo‘jaligi sohasida juda jiddiy muammo hisoblanadi. Sho‘rxoklanish tuproqning sho‘rlanishi va uning sifatining yomonlashishi natijasida hosil bo‘ladigan holatdir. Bu jarayon tuproqdagi sho‘r miqdorining oshishi, uning fizik-kimyoviy xususiyatlarining o‘zgarishi va o‘simliklar uchun zararli sharoitlar yuzaga kelishi bilan tavsiflanadi. Sho‘rxoklanish asosan tabiiy va antropogen omillar ta’sirida yuzaga keladi. Tabiiy omillar orasida iqlim sharoitlari, tuproqning tabiiy tarkibi va geologik xususiyatlari muhim rol o‘ynaydi. Antropogen omillar esa noto‘g‘ri sug‘orish, noto‘g‘ri meliorativ chora-tadbirlar, o‘g‘itlarning ortiqcha qo‘llanilishi va tuproqni noto‘g‘ri ishlov berishdan iborat.

Published

2025-07-09