TRANSCHEGARAVIY ELEKTRON TIJORATNING XALQARO SAVDODAGI O‘RNI VA AHAMIYATI

Authors

  • Rustamova Gulmira Aliqulovna Author

Keywords:

Kalit soʻzlar: Transchegaraviy elektron tijorat, elektron tijorat, xalqaro savdo, raqamli iqtisodiyot, eksport, import, elektron savdo platformalari, kichik biznes, o‘rta biznes, global bozor, onlayn to‘lovlar, raqamli integratsiya, logistika tizimi.

Abstract

Annotatsiya: Mazkur tezisda transchegaraviy elektron tijoratning xalqaro savdodagi o‘rni va ahamiyati keng tahlil qilingan bo‘lib, uning global iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishdagi imkoniyatlari yoritib berilgan. Hozirgi kunda raqamli texnologiyalar jadal rivojlanishi va internet xizmatlari qulayligi tufayli transchegaraviy elektron tijorat tovarlar va xizmatlarning mamlakatlar o‘rtasida tezkor almashinuvini ta’minlab, logistika xarajatlarini kamaytirish, savdo jarayonlarini soddalashtirish va iste’molchilar uchun keng tanlov imkoniyatini yaratmoqda. Shu bilan birga, elektron to‘lov tizimlari va yetkazib berish tizimlarining raqamli integratsiyasi tufayli transchegaraviy savdo operatsiyalarining samaradorligi oshmoqda va bu jarayon kichik va o‘rta biznes sub’yektlariga ham xalqaro bozorga chiqish imkonini bermoqda. Tadqiqot natijalari transchegaraviy elektron tijoratning xalqaro savdoda barqaror o‘sish sur’atlarini ta’minlash, milliy iqtisodiyotning eksport salohiyatini oshirish hamda raqamli iqtisodiyot asosida yangi ish o‘rinlarini yaratish imkonini berishini ko‘rsatadi. Tezis natijalari amaliyotda elektron savdo strategiyasini shakllantirish, transchegaraviy logistika jarayonlarini optimallashtirish va xalqaro elektron savdo infratuzilmasini rivojlantirishda qo‘llanishi mumkin.

Published

2025-07-09