BUDJET DEFITSITINI QOPLASHDA DAVLAT QIMMATLI QOG‘OZLARI MUOMALASINING ROLI
Keywords:
Kalit soʻzlar: Budjet defitsiti, davlat qimmatli qog‘ozlari, moliyalashtirish, fiskal siyosat, ichki qarz, obligatsiyalar, foiz stavkalari, makroiqtisodiy barqarorlik, iqtisodiy xavfsizlik, davlat moliyasi, qimmatli qog‘ozlar bozori, budjet taqchilligi.Abstract
Annotatsiya: Mamlakatda budjet defitsitini moliyalashtirish masalasi fiskal barqarorlikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu nuqtai nazardan davlat qimmatli qog‘ozlari muomalasining samarali tashkil etilishi budjet defitsitini qoplashning eng muhim moliyaviy manbalaridan biri hisoblanadi. Ushbu tezisda davlat qimmatli qog‘ozlarining turlari, ularning moliya bozoridagi o‘rni, emissiya mexanizmlari va ular orqali budjet defitsitini moliyalashtirish jarayonlari o‘rganildi. Davlat qimmatli qog‘ozlari orqali mablag‘ jalb qilish davlatning qo‘shimcha resurslarga ega bo‘lishini, ichki moliya bozorida likvidlikni oshirishini va moliya barqarorligini ta’minlash imkonini beradi. Tadqiqot davomida O‘zbekiston budjet defitsitini qoplashda davlat qimmatli qog‘ozlari muomalasining amaldagi holati va yuzaga kelayotgan muammolar tahlil qilinib, ularni hal etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi. Jumladan, qimmatli qog‘ozlar bozorining infratuzilmasini rivojlantirish, investorlarni jalb qilish mexanizmlarini takomillashtirish, davlat qimmatli qog‘ozlari bozorida elektron savdo tizimlarini kengaytirish zarurligi asoslab berildi.