Dabusiya qal’asi va uning atrof hududlari toponimlarining tarixiy-etimologik tadqiqi

Authors

  • Berdiyarova Dilafruz Tojinorovna Author

Abstract

Har bir xalq(etnos)ning  uzoq tarixiy davrlar davomida shakllanishi, rivojlanishi, madaniyati, boshqa xalqlar bilan o’zaro aloqasi, urf-odati, va yashash joylarida yuz bergan o’zgarishlarning tarixiy jarayoni etno-tarixiy jarayon hisoblanadi. Yanada tushunarliroq qilib aytganimizda, xalqning kelib chiqishi, hududiy o’zgarishlari, madaniyatining shakllanishi, boshqa xalqlar bilan aralashuvi,  tarixiy voqealardagi ishtiroki va boshqalarni o’z ichiga oladi. Tarixdan bizga ma’lumki, O’zbekiston respublikasi hududida yashagan, qadimgi sug’diylar, su’g’dlar, eftalitlar, turklar va boshqa xalqlar o’zaro aralashib, uzoq tarixiy jarayonda o’zbek millatining shakllanishida asos bo’lgan deya olamiz. Shu o’rinda tarixiy va madaniy ma’noga ega bo’lgan, qadimgi xalqlar yashagan hududlar, tili, madaniyati, ayrim yer nomlari orqali qaysi xalq yoki elat va boshqalar haqida ma’lumot beruvchi toponimlar ham o’z ahamiyatiga egadir. Toponimlar  tarixiy hujjatlar bo’lib qolmasdan, balki, xalq xotirasi, afsona va rivoyatlar bilan bog’liq merosimizdir, deb ayta olamiz.                              

Published

2025-08-07