DISTRIBUTIV AVTOMATLASHTIRISH TIZIMLARI ASOSIDA TEXNOLOGIK JARAYONLARNI BOSHQARISHNING USTUNLIKLARI
Keywords:
Kalit so'zlar: Distributiv avtomatlashtirish tizimi, texnologik jarayon, masofaviy boshqaruv, real vaqt monitoringi, samaradorlik, xavfsizlik, sanoat avtomatlashtirish, raqamli transformatsiya.Abstract
Mazkur ishda distributiv avtomatlashtirish tizimlari (DAT) asosida texnologik jarayonlarni boshqarishning ustunliklari yoritilgan. Distributiv tizimlarning tuzilishi, ishlash prinsiplari va ularning zamonaviy ishlab chiqarishdagi roli batafsil tahlil qilinadi. Ularning texnologik jarayonlar uzluksizligi, real vaqt rejimidagi monitoring va masofadan boshqaruv imkoniyatlari orqali samaradorlikni oshirishi, inson omilini kamaytirishi va xavfsizlikni ta'minlashdagi afzalliklari ko‘rsatib beriladi. Shuningdek, DAT’ning iqtisodiy jihatdan foydaliligi va texnik xizmat ko‘rsatishdagi qulayliklari amaliy misollar asosida ko‘rib chiqiladi. Ushbu ish, sanoat tarmoqlarida avtomatlashtirish darajasini oshirish va raqamli transformatsiyani tezlashtirish bo‘yicha muhim nazariy va amaliy asos bo‘lib xizmat qiladi.