XALQARO MAKTABLAR TAJRIBASI ASOSIDA MENEJMENT MODELLARINI MILLIY TIZIMGA INTEGRATSIYALASH
Keywords:
Kalit so‘zlar: maktab direktori, tayyorgarlik dasturi, ta’lim sifati, zamonaviy texnologiyalar, rahbarlik salohiyati, amaliyot, kattalar ta’limi, 360° video.Abstract
Annotatsiya. Ushbu maqolada zamonaviy ta’lim tizimida maktab direktorlarini tayyorlash dasturlarining dolzarbligi, mavjud muammolari va takomillashtirish imkoniyatlari tahlil qilingan. Tadqiqotlarda malakali direktorlarning o‘quvchilar yutuqlariga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi ilmiy asosda yoritilgan. Amaldagi tayyorgarlik dasturlarida uchraydigan asosiy kamchiliklar — tanlov jarayonidagi zaiflik, nazariya va amaliyot o‘rtasidagi uyg‘unsizlik hamda dastur mazmunining zamon talablari bilan mos kelmasligi — batafsil ko‘rib chiqilgan. Muallif zamonaviy texnologiyalar, jumladan, 360° video vositalari, kattalar ta’limi nazariyasi va tengdoshlar bilan o‘rganish metodlarini qo‘llash orqali direktorlar tayyorlash sifatini oshirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar bergan. Xulosa qismida kompetensiya asoslari, nazariy tayyorgarlik, amaliyot va haqiqiy faoliyatni uyg‘unlashtirish zarurligi ta’kidlanadi.