TEMIR YO‘L TRANSPORTI TIZIMINI INNOVATSION RIVOJLANTIRISHNING MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH
Keywords:
Kalit so‘zlar: temir yo‘l transporti, innovatsion rivojlanish, iqtisodiy mexanizm, raqamlashtirish, investitsiya, davlat-xususiy sheriklik, transport-logistika, barqaror iqtisodiy o‘sish.Abstract
Ushbu tezisda temir yo‘l transporti tizimini innovatsion rivojlantirishning iqtisodiy mexanizmlari tahlil qilinadi. Innovatsion yondashuvlar transport-logistika jarayonlarini samarali boshqarish, raqobatbardoshlikni oshirish, hamda milliy iqtisodiyotda barqaror o‘sishni ta’minlash omili sifatida qaraladi. Xususan, raqamlashtirish, avtomatlashtirish, “yashil texnologiyalar”ni joriy etish va xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish orqali temir yo‘l infratuzilmasidan foydalanish samaradorligini ko‘tarish yo‘llari yoritilgan. Shuningdek, transport tizimida investitsiyalarni jalb qilish, davlat-xususiy sheriklikni kengaytirish hamda innovatsion boshqaruv mexanizmlarini takomillashtirishning iqtisodiy afzalliklari asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari temir yo‘l transportining innovatsion rivojlanishi mamlakatning transport-logistika salohiyatini kuchaytirish bilan birga, makroiqtisodiy barqarorlik va eksport imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilishini ko‘rsatadi.