YER KADASTRI KARTALARINING ZAMONAVIY YURITILISHI VA ULARNING AHAMIYATI

Authors

  • Mirxosilova Zumratoy Shuxrat qizi Author

Keywords:

Kalit soʻzlar: yer kadastri, kadastr kartalari, raqamlashtirish, geografik axborot tizimlari, masofadan zondlash.

Abstract

Annotatsiya. Mazkur tezisda yer kadastri kartalarining mohiyati, ularning davlat boshqaruvi va iqtisodiyotdagi oʻrni, shuningdek, zamonaviy texnologiyalar yordamida yuritishning afzalliklari yoritilgan. Yer kadastri kartalari yer uchastkalarining chegaralari, toifalari, sifati va mulkchilik shaklini aniqlash hamda huquqiy munosabatlarni tartibga solishda muhim ahamiyatga ega ekanligi asoslab berilgan. Shuningdek, xalqaro tajribalar tahlil qilinib, Oʻzbekiston sharoitida raqamli kadastr kartalarini yaratish, geografik axborot tizimlari (GAT) va masofadan zondlash (MZ) texnologiyalaridan foydalanish amaliyoti misolida ularning samaradorligi koʻrsatib oʻtilgan.

Published

2025-09-07