O‘ZBEKISTON BANK TIZIMIDA OILAVIY TADBIRKORLIKNI KREDITLASHNING HOZIRGI HOLATI VA RIVOJLANISH TENDENSIYALARI
Keywords:
Kalit soʻzlar: Oilaviy tadbirkorlik, kreditlash, tijorat banklari, imtiyozli kreditlar, mikrokreditlar, moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, garov ta’minoti, kredit risklari, foiz stavkalari, kredit siyosati, innovatsion moliyalashtirish, iqtisodiy o‘sish.Abstract
Annotatsiya: Mazkur tezis O‘zbekiston bank tizimida oilaviy tadbirkorlikni kreditlashning hozirgi holati va rivojlanish tendensiyalarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Bugungi kunda oilaviy tadbirkorlik mamlakat iqtisodiyotining barqaror rivojlanishida, yangi ish o‘rinlari yaratishda hamda aholi turmush darajasini oshirishda muhim omil sifatida qaralmoqda. Shu sababli, banklarning oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashdagi o‘rni va roli ortib bormoqda. Tadqiqotda mamlakat bank tizimi tomonidan oilaviy tadbirkorlik subyektlariga berilayotgan kreditlarning hajmi, ularning sohalar bo‘yicha taqsimlanishi, shuningdek, amaldagi imtiyozli kreditlash mexanizmlarining samaradorligi tahlil qilingan. Bundan tashqari, kreditlash jarayonida uchrayotgan muammolar, jumladan, garov ta’minoti yetishmasligi, foiz stavkalarining yuqoriligi, kredit olish jarayonlarining murakkabligi ham ko‘rib chiqilgan.