TALABALARDAGI KOMMUNIKATIV KO‘NIKMALARNING SHAXS XUSUSIYATLARI

Authors

  • Jumabayeva Dildora Madaminovna Author

Keywords:

Kalit soʻzlar: talabalar, shaxs, jamiyat, muloqot, ko'nikmalarini, ijodiy fikrlash, hurmat, qobiliyatlar, o‘zlashtirish.

Abstract

Annotatsiya: Talabalardagi kommunikativ ko‘nikmalarning shaxs xususiyatlari insonning ijtimoiy hayotda samarali va muvaffaqiyatli bo‘lishida muhim omil hisoblanadi. Kommunikativ ko‘nikmalar nafaqat so‘z orqali fikr ifodalash, balki boshqalar bilan muloqot qilish, ularni tinglash, tushunish, hissiy va psixologik jihatdan moslashish kabi ko‘plab elementlarni o‘z ichiga oladi. Bu ko‘nikmalar shaxsning o‘ziga xos xususiyatlari bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, talabalarning o‘qish jarayonida va shaxs sifatida rivojlanishida muhim ahamiyatga ega. Har bir talaba o‘zining kommunikativ sohadagi salohiyati, hissiy tajribasi, ijtimoiy qobiliyatlari va shaxsiy xususiyatlari asosida alohida ko‘nikmalarni rivojlantiradi. Shuning uchun, talabalardagi kommunikativ ko‘nikmalarning shaxs xususiyatlarini to‘liq anglash va baholash pedagogika sohasida muvaffaqiyatli taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etish uchun zarurdir. Ushbu tezisda talabalardagi kommunikativ ko‘nikmalarning shaxs xususiyatlari haqida ma'lumotlar berilgan.

Published

2025-10-04