XUFYΟNA IQTISΟDIYΟTNI QISQARTIRISHDA SΟLIQ TIZIMIDAN SAMARALI FΟYDALANISHNING XΟRIJ TAJRIBASI

Authors

  • Rustamov Sobirdjon Maxmudovichdan Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: xufyona iqtisodiyot, soliq tizimi, soliq ma’murchiligi, xorijiy tajriba, raqamlashtirish, sun’iy intellekt, soliq islohotlari, O‘zbekiston Respublikasi.

Abstract

Annotasiya. Mazkur ilmiy ishda xufyona iqtisodiyotni qisqartirish jarayonida soliq tizimidan samarali foydalanishning xorijiy tajribalari o‘rganilgan. Xususan, soliq nazorati jarayonida sun’iy intellekt, “big data” tahlili, onlayn kassa mashinalari, elektron hisob-fakturalar va raqamli ma’lumotlar bazasi integratsiyasidan foydalanish orqali xufyona iqtisodiyotni qisqartirish mexanizmlari yoritilgan. Shuningdek, xorijiy tajriba asosida O‘zbekiston Respublikasi soliq tizimida qo‘llash mumkin bo‘lgan metodologik yondashuvlar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalarida soliq ma’murchiligini takomillashtirish, soliq intizomini oshirish hamda xufyona iqtisodiyotni qonuniy maydonga olib chiqish yo‘llariga oid amaliy takliflar berilgan.

Published

2025-10-06