O‘ZBEKISTONDA RESURSLARNI SOLIQQA TORTISHNING NAZARIY ASOSLARI
Keywords:
Kalit so‘zlar: resurs soliqlari, soliqqa tortish nazariyasi, tabiiy resurslar, fiskal siyosat, iqtisodiy samaradorlik, ekologik barqarorlik, soliq tushumlari, tahlil, optimallashtirish, soliq imtiyozlari, soliq stavkasi.Abstract
Annotatsiya: Mazkur ilmiy maqolada resurslarni soliqqa tortishning nazariy asoslari, uning iqtisodiy mohiyati va davlat byudjeti barqarorligini ta’minlashdagi o‘rni yoritilgan. Tadqiqotda tabiiy, moliyaviy va inson resurslarini soliqqa tortishning nazariy yondashuvlari, ularning iqtisodiy samaradorlikka ta’siri hamda fiskal siyosatdagi ahamiyati tahlil qilingan. Shuningdek, resurs soliqlari tizimining rivojlanish bosqichlari, ularni belgilash prinsiplari va iqtisodiy nazariyalar — klassik, neoklassik hamda institutsional yondashuvlar nuqtai nazaridan ilmiy asoslari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari resurs soliqlari orqali davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlarini moliyalashtirish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ekologik barqarorlikni ta’minlash imkoniyatlarini ko‘rsatadi.v