TAʼLIM JARAYONIDA QAROR QABUL QILISHNING PSIXOLOGIK JIHATLARI: KONSENSUSGA ERISHISH USULLARI
Keywords:
Kalit so‘zlar: qaror qabul qilish, konsensus, murosaga kelish, psixologik mexanizm, refleksiya, empatiya, kommunikativ kompetensiya, ijtimoiy idrok.Abstract
Anotatsiya: Mazkur tezisda taʼlim jarayonida qaror qabul qilishning psixologik jihatlari va konsensusga erishish mexanizmlari ilmiy tahlil qilingan. Qaror qabul qilish shaxsning ijtimoiy-psixologik faolligi, tafakkur jarayoni, motivatsion tizimi va emotsional holati bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan murakkab psixologik faoliyatdir. Taʼlim muhitida bu jarayon nafaqat o‘qituvchi, balki o‘quvchi va butun jamoaning o‘zaro hamkorligi, muvofiqlashtirilgan fikrlash va murosaga kelish qobiliyatini talab etadi. Tezisda konsensus tushunchasining mohiyati, uning qaror qabul qilishdagi roli, shuningdek, nizoli vaziyatlarda samarali murosaga erishish usullari yoritilgan. Shaxsiy va guruhiy qaror qabul qilish jarayonida empatiya, refleksiya, ijtimoiy idrok, kommunikativ kompetensiya va emotsional barqarorlikning ahamiyati psixologik tahlil asosida izohlangan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, taʼlim tizimida qarorlarni jamoaviy muhokama asosida qabul qilish, o‘zaro hurmat va tinglash madaniyati orqali konsensusga erishish samarali natijalar beradi.