BALIQLARDA JINSIY YETILISH VA GORMONLAR FAOLIYATINING FIZIOLOGIK ASOSLARI.
Abstract
Dolzarbligi: Baliqlarda jinsiy yetilish jarayonini o‘rganish hozirgi kunda biologiya, fiziologiya va baliqchilik xo‘jaligi sohalari uchun juda dolzarb masalalardan biridir. Baliq organizmida jinsiy yetilish murakkab gormonal mexanizmlar orqali boshqariladi va bu jarayon tashqi muhit omillariga kuchli bog‘liqdir.
Suv havzalarida ekologik muhitning o‘zgarishi, suv haroratining oshishi, kimyoviy ifloslanish, shuningdek oziq moddalarning yetishmasligi kabi omillar baliqlarning reproduktiv faoliyatiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli baliqlarda gormonlar faoliyati va jinsiy yetilish jarayonining fiziologik asoslarini chuqur o‘rganish baliq populyatsiyalarining tabiiy barqarorligini saqlash va sun’iy ko‘paytirish samaradorligini oshirish uchun muhimdir.Bundan tashqari, gormonal regulyatsiya mexanizmlarini bilish baliqchilik xo‘jaliklarida sun’iy urug‘lantirish, naslni tezlashtirilgan usulda olish va reproduktiv jarayonlarni boshqarish imkonini beradi. Ushbu yo‘nalishdagi tadqiqotlar baliq biologiyasi va endokrinologiyasining rivojlanishiga katta hissa qo‘shadi.