AUTIZM SPEKTR BUZILISHIGA EGA BOLALARNI ERTA TASHXISLASH VA ULARNI IJTIMOIY MOSLASHTIRISH USULLARI
Keywords:
Kalit so'zlar: autizm spektr buzilishi, erta tashxislash, skrining, ijtimoiy moslashtirish, APP terapiyasi, ijtimoiy ko'nikmalar, sensor integratsiya, kommunikatsiya, xulq-atvor terapiyasi.Abstract
Annotatsiya:Ushbu maqolada autizm spektr buzilishi (ASB) bo'lgan bolalarni erta tashxislash va ularni ijtimoiy moslashtirishning zamonaviy usullari yoritilgan. Maqolada ASBning dastlabki belgilari, tashxis qo'yishning standart protokollari, skrining va diagnostika usullari, shuningdek, ijtimoiy moslashtirishning samarali intervensiya dasturlari haqida batafsil ma'lumotlar keltirilgan. Tadqiqotda erta aralashuvning ahamiyati, individual yondashuvning zarurati va oilani qo'llab-quvvatlash tizimining o'rni ta'kidlangan. Xalqaro amaliyotda qo'llaniladigan va mahalliy sharoitda moslashtirilgan usullarning natijadorligi tahsil qilingan.
Downloads
Published
2025-10-10