O‘ZBEKISTON-TOJIKISTON DAVLATLARINING SAVDO-IQTISODIY VA INVESTETSIYAVIY MUNOSABATLARI (2017-2024-YILLAR)

Authors

  • Bozorov Shuxrat Azamiddinovich Author

Abstract

2017–2024-yillar Markaziy Osiyo mintaqasida yangi geoiqtisodiy muhit shakllangan davr sifatida tarixga kirdi. Aynan shu yillarda Oʻzbekiston Respublikasi tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida qo‘shni davlatlar bilan o‘zaro ishonch, yaxshi qo‘shnichilik va iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash strategiyasini ilgari surdi. Ushbu davrda eng jadal rivojlangan hamkorlik yoʻnalishlaridan biri Oʻzbekiston–Tojikiston munosabatlaridir. Avvallari tarixiy, madaniy va etnik mushtaraklikka ega boʻlsa-da, ikki davlat o‘rtasida 2000-yillar boshlarida mavjud boʻlgan ayrim siyosiy-iqtisodiy kelishmovchiliklar tufayli hamkorlik sezilarli darajada sustlashgan edi. Biroq 2017-yildan boshlab ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalar yangi bosqichga koʻtarildi.

Published

2025-10-10