AUM SINRIKYO SEKTASIDA ILGARI SURILGAN “APOKALIPSIS” G‘OYASI TAHLILI

Authors

  • Anvarova Muslimaxon G‘iyosiddin qizi Author

Abstract

XIX-XX asrda butun dunyoda yuz bergan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy sohalardagi rivojlanishlar bilan bir qatorda koʻplab yangi diniy harakatlar ham paydo boʻldi. Bu jarayonlar G‘arb va Sharqda bir-birga o‘xshash shaklda sodir bo‘ldi. O‘tgan asrda yuzaga kelib, rivojlangan yangi diniy harakatlar qatorida apokaliptik qarashlari bilan ajralib turuvchi bir qancha oqimlar ham ommalashdi. Yaponiyada yangi diniy harkatlarning paydo bo‘lishi Takugava (1603-1867) xonadoning feodal  boshqaruvi tizimi parchalana boshlagan XIX asr o‘rtalariga to‘g‘ri keladi. Paydo bo‘lgan guruhlar yangi diniy harakatlar sifatida talqin qilinsada, ularning aksariyati mamlakatda mavjud bo‘lgan an’anaviy ta’limotlar buddaviylik, sintoiylik va xristianlikka asoslangan edi[1]. Bunday dinlar Yaponiya tarixiy manbalarida “ruiji shukyo” (uydirma dinlar) deb nomlangan.[2] Shuningdek, bu kabi yangi sektalarni salbiy ma’noda tavsiflovchi shinko shukyo (yangi paydo bo‘lgan dinlar) tushunchasidan ham foydalaniladi[3]. Biroq zamonaviy yapon dinshunos olimlari tomonidan YDHni ta’riflashda shinshukyo (yangi dinlar) hamda “shinshinshukyo” (“yangi” yangi dinlar) atamasidan ko‘pro foydalaniladi. Yangi diniy harakatlarning shiddat bilan ko‘payishi Ikkinchi jahon urishidan keyingi davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy inqiroz davrida sodir bo‘ldi. Tadqiqotchilar tomonidan berilgan ma’lumotlarga ko‘ra mamlakatda 300-400 atrofida YDH paydo bo‘lgan[4].

 

[1] Benjamin Dorman. Celebrity Gods: New Religions, Media and Authority in Occupied Japan. Honolulu: University of Hawai’i Press, 2012. – P. 3.

[2] Erica Baffelli. Media and New Religions in Japan. New York: Routledge, 2016. – P. 5.

[3] Benjamin Dorman. Celebrity Gods: New Religions, Media and Authority in Occupied Japan. Honolulu: University of Hawai’i Press, 2012. – P. 7.

[4] Franz Winter. Japanese New Religious Movements: Introduction. Lukas Pokorny ve Franz Winter (Ed.), Handbook of East Asian New Religious Movements, Leiden & Boston: Brill, 2018. – P. 18.

Published

2025-10-15