FARG‘ONA VODIYSI TURIZM SOHASI RIVOJIDA DAVLAT VA XUSUSIY SEKTOR HAMKORLIGI

Authors

  • Mamatazizov Faryozbek Paxlavon o'g'li Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: turizm, Farg‘ona vodiysi, davlat-xususiy sheriklik, investitsiya, infratuzilma, innovatsiya, hududiy rivojlanish, turistik xizmatlar, iqtisodiy hamkorlik, biznes subyektlari.

Abstract

Annotatsiya: Farg‘ona vodiysi O‘zbekistonning eng qadimiy, boy va rang-barang hududlaridan biri sanaladi. Bu hudud geografik jihatdan ham, madaniy va iqtisodiy nuqtai nazardan ham mamlakat turizm sohasining beqiyos salohiyatli mintaqasi hisoblanadi. Vodiyning iforli tabiat manzaralari, qadimiy me’moriy obidalari va boy hunarmandchilik an’analari o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi, shu sababli so‘nggi yillarda bu yerda turizm sohasiga bo‘lgan e’tibor bir necha baravar oshdi. Mintaqada xalqaro va mahalliy turistik oqim ko‘payib, bu sohaga kiritilayotgan sarmoyalar va yaratilayotgan yangi ish o‘rinlari tufayli iqtisodiy taraqqiyotda ham sezilarli natijalar ko‘zga tashlanmoqda. Ushbu tezisda Farg‘ona vodiysi turizm sohasi rivojida davlat va xususiy sektor hamkorligi haqida ma'lumotlar berilgan.

Published

2025-10-23