MARKAZIY OSIYO DAVLATLARI KONTEKSTIDA FARG‘ONA VODIYSI TURIZM SALOHIYATINING TAHLILI

Authors

  • Mamatazizov Faryozbek Paxlavon o'g'li Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: Farg‘ona vodiysi, Markaziy Osiyo, turizm salohiyati, turizm tahlili, madaniy meros, ekoturizm, chegaraoldi hududlar, turistik yo‘nalishlar, tabiiy resurslar, iqtisodiy rivojlanish.

Abstract

Annotatsiya: Markaziy Osiyo geografik jihatdan strategik joylashuvi, boy madaniy merosi va tabiiy resurslari bilan ajralib turadigan hududlar qatoriga kiradi. Ushbu mintaqaning eng ahamiyatli qismlaridan biri Farg‘ona vodiysi bo‘lib, u o‘zining o‘ziga xos tabiiy go‘zalligi, qadimiy tarixi hamda ko‘p millatli va rang-barang madaniyati bilan ajralib turadi. Farg‘ona vodiysi turizm sohasi uchun katta salohiyatga ega, chunki bu yerda O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston davlatlarining chegaralari tutashgan, mintaqa Markaziy Osiyo mamlakatlari turizm siyosatining alohida e’tibor markaziga aylangan. Turizm, iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotning muhim omili bo‘lib, mintaqada yangi ish o‘rinlarini yaratish, infrastruktura rivojlanishini jadallashtirish, aholi farovonligini oshirish borasida katta imkoniyatlarga ega. Ushbu tezisda Markaziy Osiyo davlatlari kontekstida Farg‘ona vodiysi turizm salohiyatining tahlili haqida ma'lumotlar berilgan.

Published

2025-10-23