OʻQUVCHILARDA MORFOLOGIK KOMPETENSIYALARNI RIVOJLANTISH METODIKASI

Authors

  • Xadjiyev Mirzabek Karshibay o`g`li Author

Abstract

Hozirda xotiraga asoslangan taʼlim, o‘qituvchining asosiy axborot manbasi sifatida bilim beruvchilik faoliyatiga turli munosabatlar bildirilayotgan, “Assalomu alaykum, talabalar (o‘quvchilar), uyga qanaqa topshiriq berilgan edi?” yoki “Bugungi mavzuni yozib olamiz!” degan metodikaning eskirganligi taʼkidlanayotgan, aksariyat hollarda, taʼlim oluvchida tanqidiy tafakkurni rivojlantirishga urg‘u berilayotgan sharoitda axborotni o‘qib tushunish, muhim maʼlumotni izlab topa olish, boshqa manba bilan qiyoslab chiqish, uni qayta ishlash masalasi eʼtibor markaziga qo‘yilmoqda. Shunday holda bo‘lishi tabiiy, zero, XXI asr kompetensiyalariga tayyorlash bolaning tug‘ilganidan bog‘chaga, maktabga ilk qadamlaridanoq boshlanishi taqozo qilinmoqda. Mehnat bozorida kechayotgan shiddatli raqobat sharoitida oliy o‘quv yurti bitiruvchilarining kasbiy kompetentligiga yuqori talablar qo‘yilmoqda. Chunonchi, ish beruvchilar kasbiy faoliyatni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun bitiruvchilardan savodxon, bir emas, bir necha tillarni biladigan mutaxassislarni talab qilmoqda. Shu bilan birga, kasbga loyiqlik, o‘z sohasi bo‘yicha egallagan bilim, ko‘nikma, malakalaridan kasbi doirasida mustaqil ravishda amaliy hamda oqilona foydalana olish va ijodiy munosabatini namoyon qila olish qobiliyati har bir mutaxassis, xususan, o‘qituvchi uchun  nihoyatda zarur. Ko‘p narsadan xabardor bo‘lsa-yu, biroq bu bilimlarni amalda qo‘llay olmasa, bunday o‘qituvchidan jamiyat ham, o‘zi ham foyda ko‘rmaydi. Shuning uchun ham har bir oliy taʼlim tizimidagi fanlar oldiga mutaxassislikka doir bilim, ko‘nikma va malakalar qatorida zarur kompetensiyalarni shakllantirish orqali yetuk kompetentli kadrlarni tayyorlash vazifasi qo‘yilgan. Bu borada o‘zbek tili fani mustasno emas. O‘zbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida belgilangan “taʼlim jarayoniga raqamli texnologiyаlar va zamonaviy usullarni joriy etish” bo‘yicha oliy taʼlim tizimini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha belgilangan vazifalar, “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5850-sonli Farmonida belgilangan davlat tilini taʼlim muassasalarida o‘rgаtish va uni bilish darajasini baholash tizimini yanada takomillashtirish, o‘zbek tilining kompyuter dasturlarini yаratish, xorijda istiqomat qiluvchi vаtandoshlar va o‘zbek tilini o‘rganish istagida bo‘lgan chet el fuqarolari uchun o‘zbek tili darsliklari va elektron dasturlarini ishlab chiqish va ularni keng miqyosda tarqatish ishlarini jonlantirishda soha mutaxassislarining faol ishtiroki taqozo qilinmoqda.

Published

2025-11-03