O‘ZBEKISTONNING MARKAZIY OSIYO BILAN MUNOSABATLARI (1991–2025 YILLAR)

Authors

  • IBROHIMOVA SAODAT XOJIAKBAROVNA Author

Keywords:

Kalit so’zlar: O’zbekiston, Markaziy Osiyo, tashqi siyosat, diplomatik aloqalar, iqtisodiy integratsiya, mintaqaviy hamkorlik,xavfsizlik, transport loyihalar,madaniy aloqalar

Abstract

ANOTATSIYA
O‘zbekiston Respublikasi 1991 yilda mustaqillikka erishganidan so‘ng, tashqi siyosatini mustaqil yo‘nalishda shakllantirishga kirishdi. Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab mamlakat uchun eng muhim yo‘nalishlardan biri Markaziy Osiyo davlatlari bilan o‘zaro aloqalarni yo‘lga qo‘yish bo‘ldi. Bu mintaqa O‘zbekiston uchun tarixiy, iqtisodiy, madaniy va strategik jihatdan eng yaqin hudud hisoblanadi.

O‘zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan munosabatlari 1991–2025 yillar davomida turli bosqichlardan o‘tgan bo‘lib, ularning barchasi tinchlik, barqarorlik va o‘zaro manfaatli hamkorlik tamoyillariga asoslangan. Shu davrda mamlakat o‘zining mustaqil tashqi siyosat konsepsiyasini shakllantirib, qo‘shni davlatlar bilan strategik hamkorlikni chuqurlashtirish yo‘lida muhim qadamlar tashladi.

Published

2025-11-04