IBN SALOHNING “ULUM AL-HADIS” ASARI VA UNGA YOZILGAN SHARHLARNING ILMIY AHAMIYATI
Keywords:
Kalit so‘zlar: Ibn Saloh, Ulum al-Hadis, sharh an’anasi, hadis ilmi, Iroqiy, Ibn Hajar, Imom Navaviy, Zakariyo Ansoriy, Ibn Daqiq al-Iyd, hadis metodologiyasi.Abstract
Annotatsiya. Ushbu maqolada Ibn Salohning “Ulum al-Hadis” asari va unga yozilgan sharhlarning ilmiy ahamiyati yoritiladi. Mazkur asar hadis ilmi asoslarini tartibga solgan eng muhim manbalardan biri sifatida e’tirof etiladi. Tadqiqot davomida Husayn Iroqiy, Ibn Jamoa, Rog‘ib Tabboh, Ibn Hajar Asqaloniy, Imom Navaviy, Zakariyo Ansoriy va Ibn Daqiq al-Iyd tomonidan yaratilgan sharhlar tahlil qilindi. Har bir sharhning uslubiy, ilmiy va metodologik xususiyatlari qiyosiy ravishda o‘rganildi. Natijada, “Ulum al-Hadis”ning sharh an’anasi hadis ilmini boyitishda, uni keyingi avlodlarga yetkazishda va ilmiy maktablar shakllanishida muhim o‘rin tutgani aniqlanadi. Asarga yozilgan sharhlar hadis ilmining nazariy, amaliy, tarixiy va fiqhiy jihatlarini turlicha talqin qilgan bo‘lib, ular hadis ilmini o‘rganishda keng imkoniyat yaratadi.