O‘ZBEKISTON TA’LIM TIZIMIDA MUSTAQILLIK YILLARIDA AMALGA OSHIRILGAN ISLOHOTLARNING TARIXIY BOSQICHLARI

Authors

  • AXROROVA RUXSHONA Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: mustaqillik, ta’lim tizimi, islohotlar, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, raqamlashtirish, innovatsion ta’lim, Harakatlar strategiyasi.

Abstract

Ushbu maqolada O‘zbekiston ta’lim tizimida mustaqillikka erishgandan so‘ng amalga oshirilgan islohotlar, ta’lim tizimining shakllanish jarayoni, huquqiy asoslarning yaratilishi hamda ularning amaliyotga tatbiq etilishi yoritiladi. 1991-yil 1-sentabrda O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan so‘ng mamlakatda ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy sohalarda keng ko‘lamli islohotlar boshlandi. Ta’lim tizimi bu o‘zgarishlarning markazida turdi, chunki bilimli va tafakkurli insonlarsiz jamiyat taraqqiy etmaydi. Maqolada O‘zbekiston ta’lim tizimining rivojlanish jarayoni to‘rt bosqichga ajratilib tahlil qilinadi: 1) 1991–1997-yillar — mustaqil ta’lim tizimining shakllanish davri; 2) 1997–2016-yillar — “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” asosida islohotlar; 3) 2017–2020-yillar — ta’limni modernizatsiya qilish davri; 4) 2021-yildan hozirgacha — raqamli va innovatsion ta’lim bosqichi

Published

2025-11-04