IQTISODIY XAVFSIZLIKDA FISKAL SIYOSATINING O‘RNI

Authors

  • Sobitxonov Odilxon Saidxon o‘g‘li Author

Keywords:

Kalit so‘lar. Fiskal siyosat, iqtisodiy xavfsizlik, byudjet, soliq siyosati, davlat xarajatlari, moliyaviy barqarorlik, byudjet taqchilligi, davlat qarzi.

Abstract

Annotatsiya. Ushbu maqolada iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashda fiskal siyosatning o‘rni va ahamiyati tahlil etiladi. Mamlakat iqtisodiy barqarorligini saqlashda davlat byudjeti daromad va xarajatlarining muvozanatini ta’minlash, soliq siyosatini takomillashtirish hamda byudjet taqchilligini maqbul darajada ushlash muhim omillar sifatida qaraladi. Tadqiqotda fiskal instrumentlarning (soliq stavkalari, subsidiyalar, transfertlar, davlat xaridlari) iqtisodiy xavflarni kamaytirishdagi vazifalari ochib berilib, inflyatsiya, ishsizlik, kredit xavflari va tashqi qarzning o‘sishi kabi omillarga ta’siri yoritiladi. Shuningdek, moliyaviy intizomni kuchaytirish, davlat qarzini samarali boshqarish va byudjet xarajatlarining samaradorligini oshirish orqali iqtisodiy xavfsizlikni mustahkamlash yo‘nalishlari taklif etiladi.

Published

2025-11-04