O‘ZBEKISTONNING JANUBIY VA JANUBIY-SHARQIY OSIYO MAMLAKATLARI BILAN ALOQALARI TARIXI
Keywords:
Kalit so’zlar O‘zbekistonning eng yangi tarixi; Janubiy Osiyo; Janubiy-Sharqiy Osiyo; Markaziy Osiyo; Hindiston bilan aloqalar; savdo va iqtisodiy hamkorlik; madaniy almashinuv; Naqshbandiya tariqati; Mug‘ullar davri; Sufi merosi; arxitektura va hunarmandchilik; Ipak yo‘li; diplomatik munosabatlar; transport va tranzit yo‘llari; tarixiy manbalar; ilmiy-ma’naviy aloqalar; tashqi siyosat tarixi; O‘zbekiston–Hindiston hamkorligi; diaspora va savdogarlar faoliyati; mintaqaviy integratsiya.Abstract
Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasining Janubiy va Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlari bilan aloqalari tarixiy, siyosiy va iqtisodiy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotda O‘zbekistonning mazkur mintaqa bilan aloqalari qadimiy davrlardan boshlab Buyuk Ipak yo‘li orqali shakllangani, sovet davrida esa markazlashgan siyosat sabab cheklanganligi, mustaqillikdan so‘ng esa yangi bosqichga ko‘tarilgani ilmiy dalillar asosida yoritilgan. Shuningdek, Janubiy Koreya, Hindiston, Singapur, Malayziya va Indoneziya bilan o‘rnatilgan hamkorlik misolida O‘zbekistonning tashqi siyosiy ustuvor yo‘nalishlari, iqtisodiy integratsiyasi va madaniy diplomatiyasi tahlil qilingan. Maqolada tarixiy jarayonlar izchillikda o‘rganilib, O‘zbekistonning mintaqaviy hamkorlikdagi o‘rni va istiqbollari ochib berilgan.