RAQAMLI IQTISODIYOTDA MOLIYAVIY NAZORAT SAMARADORLIGINI OSHIRISH UCHUN ZAMONAVIY AXBOROT TEXNOLOGIYALARINI JORIY ETISHNING MUHIMLIGI
Keywords:
Kalit so‘zlar: Raqamli iqtisodiyot, moliyaviy nazorat, axborot texnologiyalari, sun’iy intellekt, blokcheyn, raqamli audit, shaffoflik, avtomatlashtirish, big data, nazorat samaradorligi.Abstract
Mazkur tezisda raqamli iqtisodiyot sharoitida moliyaviy nazorat tizimining samaradorligini oshirishda zamonaviy axborot texnologiyalarining o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Globallashuv va raqamlashtirish jarayonlari moliya sohasida yangi yondashuvlarni talab qilmoqda. Xususan, sun’iy intellekt, blokcheyn texnologiyasi, “big data” tahlili, raqamli audit va avtomatlashtirilgan monitoring tizimlarining joriy etilishi nazorat jarayonlarining aniqligi, tezkorligi hamda shaffofligini ta’minlamoqda. Tadqiqotda zamonaviy axborot texnologiyalarining moliyaviy nazoratdagi amaliy qo‘llanishi, ularning afzalliklari hamda iqtisodiy barqarorlikni mustahkamlashdagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, raqamli transformatsiya sharoitida nazorat tizimlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berilgan.