MUSTAQILLIKNING DASTLABKI YILLARIDA O‘ZBEKISTONDA MILLIY ARMIYANING TASHKIL ETILISHI TARIXI

Authors

  • Yuldashrv Javohir Author

Abstract

O‘zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishishi mamlakat tarixidagi eng muhim siyosiy voqealardan biri bo‘lib, u nafaqat iqtisodiy va ijtimoiy hayotda, balki mudofaa va xavfsizlik tizimida ham tub o‘zgarishlarga sabab bo‘ldi. Mustaqillik bilan birga davlat suverenitetini ta’minlash, hududiy yaxlitlikni himoya qilish, xalq osoyishtaligini saqlash kabi dolzarb masalalar paydo bo‘ldi. Shu bois, milliy armiyani tashkil etish, o‘zining mustaqil Qurolli Kuchlarini barpo etish yangi davlat uchun eng ustuvor vazifalardan biriga aylandi.

Sovet Ittifoqi davrida O‘zbekiston hududida joylashgan harbiy qismlar to‘liq Moskvaga bo‘ysunar edi. Mustaqillik e’lon qilingach, bu holat o‘zgarishni talab qildi. Milliy armiyani yaratish nafaqat harbiy tizimni, balki davlat mustaqilligini real shaklda ta’minlovchi asosiy tayanch bo‘ldi.

Published

2025-11-06