QASHQADARYO DARYOSI EKSTREMAL OQIMLARINI STATISTIK TAQSIMOT MODELLARIDAN FOYDALANGAN HOLDA EHTIMOLLAR NAZARIYASI ASOSIDA BAHOLASH
Keywords:
Kalit so‘zlar: ekstremal suv oqimi, Gumbel taqsimoti, ehtimollar nazariyasi, statistik modellashtirish, Qashqadaryo daryosi, toshqin xavfiAbstract
Annotatsiya. Ushbu maqolada Qashqadaryo daryosining ekstremal suv oqimlari ehtimollar nazariyasiga asoslangan statistik taqsimot modellaridan foydalangan holda baholandi. Tadqiqotda Gumbel, Log-normal, Pearson III va Normal taqsimot modellarining empirik ma’lumotlarga mosligi Kolmogorov–Smirnov testi hamda o‘rtacha kvadrat xatolik (RMSE) mezonlari asosida solishtirib tahlil qilindi. Tahlil natijalariga ko‘ra, Gumbel taqsimoti boshqa modellar bilan solishtirganda eng past RMSE (5.8 m³/s) va eng yuqori p-qiymat (0.45) ko‘rsatkichlariga ega bo‘lib, statistik jihatdan maqbul model sifatida aniqlangan. Xususan, 100 yillik takrorlanish davri uchun maksimal suv oqimi 200 ± 10 m³/s deb baholandi. Mazkur statistik yondashuv toshqin xavfini baholash, xavfsizlik mezonlarini aniqlash hamda suv xo‘jaligi inshootlarini ilmiy asosda loyihalash uchun samarali prognoz vositasi sifatida qo‘llanishi mumkin.