O‘ZBEKISTONDA TA’LIM SOHASIGA XUSUSIY SEKTORNING JALB ETILISH TARIXI

Authors

  • Aziza Xudoyorova Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: ta’lim tizimi, xususiy sektor, islohotlar, davlat-xususiy sheriklik, innovatsiyalar, raqobatbardoshlik.

Abstract

Ushbu maqolada O‘zbekistonda ta’lim sohasiga xususiy sektorning jalb etilish tarixi, bosqichlari va hozirgi rivojlanish jarayoni tahlil qilingan. Mustaqillik yillaridan boshlab ta’lim tizimida davlat bilan bir qatorda xususiy sektorning o‘rni bosqichma-bosqich mustahkamlanib bordi. Maqolada 1991–2000, 2000–2016 hamda 2017-yildan keyingi davrlar alohida tahlil qilinib, har bir bosqichning xususiyatlari yoritilgan. Shuningdek, xususiy ta’lim muassasalarining paydo bo‘lishi, davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarining joriy etilishi hamda ularning ta’lim sifatiga ta’siri o‘rganilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, xususiy sektor raqobatni kuchaytirish, innovatsiyalarni joriy etish va ta’lim tizimining iqtisodiy barqarorligini ta’minlashda muhim omil bo‘layotgani aniqlangan. Maqola xulosasida O‘zbekistonda xususiy ta’limni yanada rivojlantirish bo‘yicha istiqbolli yo‘nalishlar taklif etiladi.

Published

2025-11-06