O‘ZBEKISTONDA IQTISODIY REJALASHTIRISH VA STRATEGIK DASTURLARNING TARIXIY TAHLILI (1991-2025)
Keywords:
Kalit so'zlar: iqtisodiy rejalashtirish, strategik dasturlar, tarixiy tahlil, iqtisodiy siyosat, rivojlanish, iqtisodiy barqarorlik, mustaqillik, tarmoq rivoji, hududiy dasturlar, modernizatsiya.Abstract
Maqolada “O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiy rejalashtirish va strategik dasturlarning tarixiy tahlili (1991-2025)” mavzusi doirasida mamlakatdagi iqtisodiy rejalashtirish va strategik dasturlarni ishlab chiqish jarayonining rivojlanish bosqichlari tahlil qilingan. Ushbu tahlilda O‘zbekistonning mustaqillikni qo‘lga kiritganidan so‘ng, ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, tarmoq va hududlar bo‘yicha iqtisodiy rejalashtirishning amalga oshirilgan dasturlari, ularning mamlakat rivojiga qo‘shgan hissasi va yuzaga kelgan muammolar chuqur ko‘rib chiqiladi. Iqtisodiy rejalashtirish tizimining sovet rejali iqtisodidan bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayoni va strategik dasturlarni amalga oshirishdagi asosiy yutuqlar hamda tizimli kamchiliklar tahlil qilinadi. Shuningdek, 1991-2025 yillar oralig‘ida O‘zbekistonning iqtisodiy siyosatidagi paradigma o‘zgarishlari, global va mintaqaviy iqtisodiy o‘zgarishlar bilan bog‘liq strategik yechimlar sistemali ravishda yoritilgan.