MUSTAQILLIK DAVRIDA O‘ZBEKISTONDA AHOLI MIGRATSIYA JARAYONLARINING TARIXIY TAHLILI
Keywords:
Kalit so‘zlar: O‘zbekiston, mustaqillik davri, aholi migratsiyasi, mehnat migratsiyasi, demografik jarayon, tashqi migratsiya, ichki migratsiya, iqtisodiy islohotlar, remittans, ijtimoiy siyosat.Abstract
Ushbu maqolada O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng aholi migratsiyasi jarayonlarining tarixiy bosqichlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda 1990-yillar boshidagi iqtisodiy inqiroz sharoitida yuzaga kelgan tashqi va ichki migratsiya oqimlari, 2000-yillarda mehnat migratsiyasining kengayishi, shuningdek, 2016-yildan keyingi davrda amalga oshirilgan migratsiya siyosati islohotlari yoritib berilgan. Maqolada mehnat migratsiyasining ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari, davlat tomonidan amalga oshirilayotgan tartibga solish mexanizmlari va xalqaro hamkorlik yo‘nalishlari tahlil qilinadi. Natijada, mustaqillik davrida migratsiya jarayonlari nafaqat demografik, balki iqtisodiy rivojlanish omili sifatida qaralayotgani ilmiy asosda ko‘rsatib beriladi.
Downloads
Published
2025-11-07